Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur tadqiqot Samarqand shahrida urbanizatsiya jarayonlari jadallashuvi sharoitida shakllanayotgan shovqin omilining aholi salomatligi va ijtimoiy-ekologik muammolarga ta’sirini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 2010-2025 yillar oralig‘ida Samarqand shahri aholisi sonining o‘sish dinamikasi, demografik ko‘rsatkichlar hamda shahar infratuzilmasi tahlil qilindi. 2012-2024 yillar kesimida shovqin ta’siri bilan bog‘liq eshitish, asab va qon aylanish tizimi kasalliklarining statistik monitoringi amalga oshirildi. Olingan natijalar yuqori shovqinli hududlarda kasallanish ko‘rsatkichlarining notekis, biroq uzoq muddatda o‘sishga moyil ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari shovqinni kamaytirishga qaratilgan biologik, ekologik va shaharsozlik chora-tadbirlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

tadqiqot samarqand shovqin yillar mazkur

Related Articles