Abstract
<jats:p>Forficula auricularia Linnaeus, 1758 teriqanotlilar (Dermaptera) tartibining eng keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan vakillaridan biri bo‘lib, palearktika hududida, jumladan Markaziy Osiyo agrotsenozlarida uchraydi. U nam va o‘rtacha nam tuproqli agrobiotsenozlarni, bog‘ va dalalarni afzal ko‘radi. Tanasi cho‘zilgan va yassi, uzunligi odatda 12–18 mm, ba’zi urg‘ochilarda 20 mm gacha, tana rangi jigarrangdan to‘q qo‘ng‘ir, qorin qismi nisbatan ochroq. Bosh qismi keng, ko‘zlari rivojlangan, mo‘ylovlari ip shaklida bo‘lib, sezgi organi sifatida xizmat qiladi. Ko‘krak uch bo‘limdan iborat, pronotum kengligi 2.5–3 mm, uzunligi 1.8–2.2 mm. Oldingi qanotlari qisqa, elitra shaklida, orqa qanotlari rivojlangan, odatda elitra ostida yig‘ilgan. Oyoqlari uzun va kuchli, tarsal bo‘g‘imlari uch bo‘g‘imli. Eng muhim diagnostik belgi — qorin oxiridagi serkilar bo‘lib, erkaklarda egilgan va assimmetrik, urg‘ochilarda to‘g‘ri va qisqaroq. Bu turning morfometriya va anatomik xususiyatlari tuproq va o‘simlik qoldiqlari orasida yashashga moslashganligini ko‘rsatadi. Populyatsiya dinamikasi mavsumiy va sug‘orish turiga bog‘liq. Bahor boshidan yoz o‘rtalarigacha soni oshadi, yoz oxiridan pasayish boshlanadi. Tomchilatib sug‘orishda populyatsiya zichligi eng yuqori, plyonka ostida esa eng past. Bu holat Forficula auricularianing agroekotizimlarda ekologik indikator va biologik nazorat vositasi sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari ushbu turning g‘o‘za dalalari tuproq entomofaunasida muhim komponent ekanligini va agroekosistemalarning monitoringi hamda biologik nazorat strategiyalarida rolini tasdiqlaydi.</jats:p>