Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqotda sanoat korxonalarida metallarni kimyoviy yuvish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi nordon fosfat chiqindisini qayta ishlash asosida suyuq kompleks o‘g‘it olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Chiqindi eritma dastlab KU-2-8 ion almashuvchi smola yordamida og‘ir metallardan tozalandi, so‘ngra turli massaviy nisbatlarda KAS (karbamid–ammoniy selitrasi) va monoetanolamin (MEA) qo‘shish orqali kolloid-barqaror suyuq o‘g‘it hosil qilindi. 1:0.3, 1:0.6 va 1:0.8 nisbatlar fizik-kimyoviy va agroximik ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1:0.6 nisbat azot va fosfor muvozanati nuqtai nazaridan optimal variant, 1:0.8 nisbat esa yuqori azotli kompleks o‘g‘it olish uchun maqsadga muvofiq variant sifatida aniqlandi. Olingan mahsulotlar cho‘kmasiz, barqaror va mikroelementlarga boyligi bilan ajralib turdi.</jats:p>