Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada Fargʻona vodiysining sun’iy suv havzalarining gidrokimyoviy natijalar asosida oʻrganilayotgan koʻllarning asosiy anionli tarkibi metamorfizmga, ya’ni suv muhitidagi fizik-kimyoviy va biogeokimyoviy jarayonlar ta’sirida ionlar tarkibi, minerallashuv va muhit reaktsiyasining bosqichma-bosqich oʻzgarishga uchrashi, bunda sulьfat ionlarining hamda nitrat ionlarining gidrokarbonatli bufer shaklidagi kuchli bosimga uchrayotganligini aniqlangan. Mazkur koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqlik korrelyatsiyasini tahlil qilish orqali nitrat, sulьfat va gidrokarbonat ionlarining joylashuv nuqtalarini inobatga olgan holda guruhlarga ajratish hamda oʻzaro ta’sir mexnizmi ochib berilgan. Sun’iy koʻllarning nitratlar va sulьfatlar korrelyatsiyasi suvning asosiy manbasidan tashqari ifloslantiruvchi manbalarga ega ekanligini koʻrsatdi. Bundan xulosa qilish mumkinki, asosiy suv manbalariga bogʻliq boʻlmagan sun’iy antropogen ta’sirlar mavjud va buni bartaraf etish yoki maqbullashtirish suvning baliqlar va gidrobiontlar hayotchanligi hamda biologik faolligiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.</jats:p>

Show More

Keywords

suniy asosiy ionlarining hamda mazkur

Related Articles