Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>.Ushbu maqolada Xorazm viloyatidagi manzarali daraxtlarda uchraydigan kserofag hashoratlarning hayotiy sikli va bioekologik xususiyatlari tahlil qilindi. Hududning keskin kontinental, qurg‘oqchil iqlimi (yillik yog‘in miqdori 80–110 mm, yozda harorat +40–45°C gacha yetishi) kserofag turlar rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Tadqiqot davomida manzarali daraxtlar — tut (Morus alba), chinor (Platanus orientalis), terak (Populus spp.), qarag‘ay (Pinus eldarica) va archa (Juniperus spp.) — da uchraydigan Coleoptera va Lepidoptera turkumiga mansub zararkunandalar o‘rganildi. Xususan, Capnodis cariosa (Buprestidae), Scolytus rugulosus (Curculionidae), Lymantria dispar (Erebidae) kabi turlarning ontogenez bosqichlari, fenologik davrlari va ekologik moslashuv mexanizmlari aniqlashtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kserofag hashoratlar asosan bir yoki ikki avlod beradi, lichinka bosqichi uzoq davom etadi va daraxt po‘stlog‘i hamda kambiy qavatida rivojlanadi. Ularning bioekologiyasi Xorazmning sho‘rxok tuproqlari, past namlik va yuqori insolyatsiya sharoitiga moslashganligi bilan xarakterlanadi.</jats:p>

Show More

Keywords

kserofag manzarali uchraydigan ushbu maqolada

Related Articles