Abstract
<jats:p>.Mazkur maqolada Tribulus terrestris L. ning Navoiy viloyati hududidagi tabiiy resurs holati, ularning hududiy taqsimlanishi va zahira salohiyati kompleks botanik-ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlikning xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan umumiy zahira maydonlari 41 gektarni tashkil etib, yillik barqaror yig‘ib olish mumkin bo‘lgan biomassa hajmi 0,343 tonnaga tengligi aniqlandi. Hosildorlikning eng yuqori ko‘rsatkichlari Nurota tumani Sumbuloq hududida (21,47±0,95 kg/ga), eng past ko‘rsatkichlari esa Nurota tumani Suluk hududida (7,98±0,39 kg/ga) qayd etildi. Klaster tahlili natijalariga ko‘ra, o‘simlik resurs ko‘rsatkichlari asosida tadqiqot hududlari uchta tipologik guruhga ajratildi. Korrelyatsion tahlil natijalari Tribulus terrestris L. hosildorligining hududlar bo‘yicha o‘zgarishiga dengiz sathidan balandlik (r = 0,80) va o‘rtacha havo harorati (r = 0,73) omillari kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Ushbu qonuniyatlar o‘simlikning ekologik moslashuvchanligi, hayotiy shakli va biologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aniqlangan.</jats:p>