Abstract
<jats:p>.Ushbu maqolada Markaziy O‘zbekiston hududida tarqalgan Gryllotalpa gryllotalpa (Linnaeus, 1758) turining populyatsiyalarida kuzatiladigan morfologik va morfometrik xususiyatlar tahlil qilindi. Tadqiqot materiali 2025-yil bahor–yoz mavsumida turli agrobiotoplardan yig‘ilgan namunalarga asoslangan. Olingan namunalar standart morfometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘lchanib, statistik usullar yordamida baholandi. Natijalar erkak va urg‘ochilar o‘rtasida tana hamda qanot o‘lchamlari bo‘yicha farqlar mavjudligini, shuningdek, populyatsiyalar kesimida statistik jihatdan ishonchli tafovutlar (P<0,05) kuzatilishini ko‘rsatdi. Qanot dimorfizmining hududlarga qarab o‘zgarishi ekologik sharoitlar bilan bog‘liqligi bilan izohlandi. Jinsiy organlar tuzilishi va pronotum proporsiyalari turning asosiy diagnostik belgilaridan biri sifatida belgilandi. Olingan ma’lumotlar populyatsiyalarda aniqlangan morfometrik farqlar fenotipik moslashuv jarayonlari bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi.</jats:p>