Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati dala sharoitida karam (Brassica L.) ekinlarida keng tarqalgan ildiz bo‘rtma nematodalari - Meloidogyne hapla ga qarshi oksamil (oxamyl) nematitsid preparatining biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2025 yil vegetatsiya davrida bo‘rtma nematodalar bilan zararlangan ochiq dala maydonlarida o‘tkazilib, tajribalar karamning “Burbon F1” navida olib borildi. Oksamil preparati 55, 65 va 75 ml/m² sarf-meyorlarida uch variantda qo‘llanildi. Preparatning samaradorligi Abbott formulasi asosida baholandi hamda tuproqdagi invazion lichinkalar soni va ildizlarning zararlanish darajasi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparatning 75 ml/m² sarf-meyorida qo‘llanilishi vegetatsiya oxirida tuproqdagi nematoda lichinkalari sonining sezilarli kamayishiga olib kelib, biologik samaradorlik 88,5 % ni tashkil etdi. Ushbu variantda ildizlarning zararlanish darajasi nazoratga nisbatan keskin kamaygani aniqlandi. Olingan natijalar oksamil preparatini bo‘rtma nematodalar bilan kuchli zararlangan tuproqlarda karam ekinini himoya qilishda samarali vosita sifatida tavsiya etish imkonini beradi</jats:p>