Abstract
<jats:p>Tadqiqotda probiotiklar bilan oziqlantirilgan quyonlarda fagotsitar faollik, lizotsim darajasi, qon zardobining bakteritsid faolligi ko‘rsatkichlari baholandi. Natijalar probiotiklar ichak mikrobiotasini me’yorlashtirib, immun tizim faoliyatini kuchaytirishini ko‘rsatdi. Probiotiklar ta’sirida infeksiyalarga chidamlilik oshdi, stressga moslashuv yaxshilandi va kasallanish holatlari kamaydi. Tadqiqot xulosalari quyonchilikda sog‘lom, ekologik xavfsiz oziqlantirishni joriy etish, antibiotiklardan foydalanishni kamaytirish, mahsuldorlikni oshirish hamda hayvonlar sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanini isbotlaydi, chorvachilikda probiotiklardan foydalanish istiqbolli yo‘nalish ekanini asoslaydi, amaliyotda keng qo‘llashni tavsiya etadi. Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan ozuqasi tarkibiga qo‘shib beriladigan ProBioKorm va Maxlac probiotik bakteriyalar asosida yaratilgan ozuqa qo‘shimchasidir. Bu unversal oziqabop qo‘shimcha ozuqa sifatini yaxshilaydi va moddalarning hazm bo‘lishi va so‘rililishini yaxshilaydi, hayvonlarning turli bakterial kasalliklarini oldini oladi va davolaydi , mahsuldorligini oshiradi.</jats:p>