Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Iqlim o‘zgarishi va antropogen bosimning kuchayishi endem turlar mavjudligiga jiddiy tahdid solmoqda. Ayniqsa, tor areali yoki stenoekologik turlar uchun potentsial tarqalish hududlarini baholash muhim ilmiy masalalardan biridir. Ushbu tadqiqotda Qizilqum qoldiq tog‘lari endemlari Cousinia umbilicata Juz. va Cousinia juzepczukii Tscherneva turlarining potentsial tarqalishi MaxEnt 3.4.4 dasturi yordamida bioiqlimiy modellashtirish asosida baholandi. Modellash BIOCLIM tizimiga oid 19 ta iqlim omili asosida, ssp126 iqlim ssenariysi (2021–2040 yy.) doirasida amalga oshirildi. Natijalar har ikkala turning ekologik nishasi tor ekanligini va tarqalishining asosan harorat hamda quruq davrdagi yog‘in omillari bilan belgilanishini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar ushbu turlarni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sharoitida xavf darajasini baholash uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

iqlim ozgarishi turlar uchun potentsial

Related Articles