Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mahalliy xom ashyolarga asoslangan makro va mikroelementlarni o‘z ichiga olgan ozuqa muhiti samaradorligi jihatidan an’anaviy Tamiya oziqlantiruvchi muhitiga amaliy jihatdan mos keladi. Shunday qilib, baliqlarni oziqlantirishda sun’iy vitaminlar o‘rnini bosuvchi, Chlorella vulgaris asosida arzon va yuqori samarali vitaminli ozuqa qo‘shimchasini olishning innovatsion texnologiyasi ishlab chiqildi. Hosil qilingan suvda eruvchan makro va mikroelementlar kompleksi Chlorella vulgarisni yetishtirish jarayonida qimmat kimyoviy elementlarni to‘liq almashtirish imkonini beradi. Shu tufayli baliqlarni oziqlantirish uchun arzon vitamin-oqsilli qo‘shimcha olish mumkin. Chlorella vulgaris tarkibida tabiiy vitaminlarning to‘liq majmuasi mavjudligi baliqlarni oziqlantirishda qimmat sun’iy vitaminlardan voz kechish imkonini beradi. Sun’iy vitaminlarning o‘zlashtirilish darajasi atigi 5–10% ni tashkil etsa, tabiiy vitaminlar 100% gacha o‘zlashtiriladi. Bularning barchasi baliq yemiga qo‘shiladigan qimmat premikslar sarfini kamaytiradi.</jats:p>

Show More

Keywords

baliqlarni suniy chlorella qimmat makro

Related Articles