Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada Surxondaryo viloyati qishloq sharoitida yashaydigan 18-29 va 30-39 yoshli emizikli ayollarning kunlik ovqati tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy va temirning miqdori va ularning qondagi konsentratsiyasining qiyosiy tahlili keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, 18-29 yoshli sut emizadigan ayollar kunlik ratsioni orqali kalsiy 583,9±98,8 mg dan 715,9±110,8 mg gacha, fosfor 1175,3±131,2 mg dan 1342,6±139,5 mg gacha, magniy 289,4±32,8 mg dan 380,8±49,2 mg gacha, temir 19,7±1,1 mg dan 24,3±1,2 mg gacha qabul qilishgan. 30-39 yoshli ayollar laktatsiya davrida kunlik ovqati orqali kalsiy bilan 592,6±123,8 mg dan 719,4±97,5 mg gacha, fosfor bilan 1169,5±138,3 mg dan 1317,9±187,67 mg gacha, magniy bilan 319,3±35,4 mg dan 346,5±41,8 mg gacha, temir bilan 19,4±1,4 mg dan 21,6±1,3 mg gacha ta’minlangan. 18-29 yoshli respondentlarning qon zardobi tarkibida kalsiy miqdori 2,97±0,09 mmol/l gacha, fosfor 1,31±0,09 mmol/l gacha, magniy 0,96±0,03 mmol/l gacha va temir 24,3±1,2 mmol/l gachani tashkil etadi. Emizikli ayollarning mikronutriyentlar bilan ta’minlanishini baholashda ularning yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlarini aniqlab tahlil qilib borish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.</jats:p>

Show More

Keywords

gacha bilan yoshli kalsiy fosfor

Related Articles