Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqot Polygonum aviculare L. va Capsicum annuum L. o‘simliklari asosida tayyorlangan “As-Capsipol” oziq-ovqat qo‘shilmasining o‘tkir zaharliligini baholashga qaratildi. Tadqiqotning maqsadi mahsulotning xavfsizlik profilini aniqlash hamda OECD talablariga muvofiq o‘tkir toksiklik toifasini belgilashdan iborat. Metodologiya sifatida OECD tavsiyalariga asoslangan “qat’iy belgilangan doza” usuli qo‘llanildi. Tajriba uchun jinsiy yetilgan, zotsiz oq erkak laboratoriya sichqonlari (o‘rtacha 21,2±2,0 g) 10-14 kunlik karantindan so‘ng tajriba uchun n=5 (jami n=10) tanlab olindi. “As-Capsipol” quruq kukuni bir martalik 2000 mg/kg dozada maxsus zond yordamida sichqon oshqozoniga yuborildi, nazorat guruhiga ekvivalent hajmda (0,4 ml) distillangan suv berildi. Natijalarga ko‘ra, preparat yuborilgach 8 daqiqada qisqa muddatli nafas tezlashuvi, bir joyga to‘planish va ko‘zlarning qisilib torayishi kuzatildi, biroq 15-20 daqiqada holat me’yorlashdi. Tajriba davomida o‘lim qayd etilmadi (5/0) va tana vaznida nazoratga nisbatan ishonchli pasayish aniqlanmadi (p&gt;0,05). Olingan natijalarga ko‘ra “As-Capsipol” oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun LD₅₀&gt;2000 mg/kg ekani hamda OECD tasnifida V-sinf (zaharli bo‘lmagan) toifaga mansubligi aniqlandi. </jats:p>

Show More

Keywords

ascapsipol oecd tajriba uchun oziqovqat

Related Articles