Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqot Lathyrus sativus o‘simligining aminokislotalar tarkibini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX, HPLC) usulida o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda o‘simlikning poya va meva namunalari ob’yekt sifatida tanlanib, ularning aminokislotalarining sifat va miqdoriy tarkibi aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, har ikkala namunada aspartat, asparagin, glitsin, alanin, tirozin, leytsin va prolin aminokislotalari ustun miqdorda aniqlangan, glutamat va treonin esa qayd etilmadi. Umumiy aminokislotalar miqdori poya namunasida 33,94 mg/g, meva namunasida esa 41,57 mg/g ni tashkil etib, meva namunasida aminokislotalar yig‘indisi nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar Lathyrus sativus o‘simligining biologik faol moddalarga boy ekanligini va uni oziq-ovqat hamda farmakologik yo‘nalishlarda istiqbolli xom ashyo sifatida baholash imkonini beradi</jats:p>