Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqot Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida tabiiy holda o‘suvchi Achillea millefolium o‘simligining makro- va mikroelementlar tarkibini aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida o‘simlik namunalari tahlil qilinib, ularning makro- va mikroelementlar tarkibi aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, makroelementlar orasida kaliy ustunlik qiladi, shuningdek fosfor, kalsiy, magniy va natriy ham muhim miqdorda mavjud. Mikroelementlar ichida temir eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, rux, marganes, kremniy, bor, molibden va mis kabi elementlar ham aniqlangan. A. millefolium o‘simligining boy mineral tarkibi uning dorivor va ozuqaviy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda ushbu o‘simlikni farmatsevtika va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishda istiqbolli xomashyo sifatida tavsiya etish imkonini beradi.</jats:p>

Show More

Keywords

mikroelementlar ushbu tadqiqot millefolium osimligining

Related Articles