Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur tadqiqot yuqori harorat sharoitida barqaror ishlay oladigan suyuq surkov kompozitlarni ishlab chiqish va ularning sanoatda qo‘llash istiqbollarini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan. Ishda termooksidlanishga chidamli sintetik asos moylar, yuqori dispersli nanozarrachalar hamda funksional qo‘shimchalar asosida yangi tribokompozit tarkiblar sintez qilindi. Kompozitlarning fizik-kimyoviy, reologik va tribologik xossalari kompleks usullar yordamida baholandi. Yuqori harorat (200–350 °C) sharoitida ishqalanish koeffitsienti, yeyilish intensivligi va oksidlanish barqarorligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari nanozarrachalar va sirt-faol stabilizatorlar qo‘llanilishi hisobiga metall yuzalarda mustahkam himoya triboplyonka hosil bo‘lishini hamda ishqalanish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi. Shuningdek, kompozitlarning uzoq muddatli termik barqarorligi va cho‘kma hosil qilmaslik xususiyati aniqlandi. Taklif etilgan suyuq surkov kompozitlar mashinasozlik, metallurgiya va energetika sanoatida yuqori yuklama ostida ishlovchi mexanizmlar uchun samarali alternativa bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Natijalar energiya tejamkorlikni oshirish, agregatlarning xizmat muddatini uzaytirish hamda ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

yuqori hamda xizmat tadqiqot harorat

Related Articles