Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada mifologiyada ayol obrazining dual tabiati hamda uning tarixiy-ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimgi mifologik tafakkurda ayolning bir tomondan hayot, hosildorlik, ona va himoya timsoli, ikkinchi tomondan esa xaos, xavf va demonologik kuchlar bilan bog‘langan murakkab semantik tabiati yoritiladi. Turkiy mifologiyadagi Umay, Alvasti, ayol shaman obrazlari asosida ayol timsolining tarixiy transformatsiyasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, matriarxal va patriarxal dunyoqarash almashinuvi natijasida ayol obrazining mifologik tizimdagi funksional o‘zgarishlari qiyosiy-mifologik hamda struktural-semiotik metodlar asosida tadqiq etiladi. Maqolada ayol obrazining arxetipik xususiyatlari, diniy-mifologik ildizlari va turkiy xalqlar madaniy tafakkuridagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi.</jats:p>