Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada nemis va o‘zbek xalqlarining paremiologik minimumi sotsiologik so‘rovnoma natijalari asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi har ikki madaniyatda eng mashhur, eng ko‘p qo‘llaniladigan va faol nutqda ishlatiladigan maqol hamda matallarni aniqlash, shuningdek, ularning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot doirasida turli yosh va ijtimoiy guruhlarga mansub respondentlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning paremiologik birliklar bilan tanishlik darajasi, ulardan foydalanish chastotasi hamda mazmunini talqin qilish xususiyatlari o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, mehnatsevarlik, oilaviy munosabatlar, halollik, do‘stlik va hayotiy tajriba kabi umuminsoniy qadriyatlar nemis va o‘zbek madaniyatlarining paremiologik minimumida markaziy o‘rin egallaydi.</jats:p>