Abstract
<jats:p>Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbek milliy oshxonasining turistik brend sifatida shakllanish jarayoniniSurxondaryo viloyati misolida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda milliy gastronomik merosningturizm industriyasidagi o‘rni, uning iqtisodiy va madaniy qiymati hamda xalqaro turistik bozorda brendsifatida pozitsiyalanish jarayonlari yoritilgan. Surxondaryo viloyatining an’anaviy taomlari, ularningetnografik ildizlari va hududiy o‘ziga xosliklari turistik jozibadorlik omili sifatida ilmiy jihatdan tahlilqilingan. Shuningdek, gastronomik turizmni rivojlantirishda milliy oshxonaning rolini oshirish,mahalliy resurslardan samarali foydalanish hamda global turizm tendensiyalari bilan integratsiyamasalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda marketing, turizm menejmenti va madaniy antropologiyayondashuvlari uyg‘unlashtirilgan holda tahlil amalga oshirilgan</jats:p>