Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada yurak-qon tomir tizimi faoliyatini uzoq muddatli nazorat qilishda qo‘llaniladigan Holter monitoring tizimining nazariy asoslari, ishlash prinsipi, texnik tuzilishi va klinik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida AD8232 elektrokardiografik sensor moduli va ESP32 mikrokontrolleri asosida yurakning bioelektrik signallarini real vaqt rejimida qayd etuvchi monitoring qurilmasi ishlab chiqildi. Taklif etilgan tizim yurak urish tezligini aniqlash, elektrokardiografik signallarni qayta ishlash hamda monitoring natijalarini OLED displey, Telegram Bot va Web Server orqali masofadan uzatish imkoniyatiga ega. Qurilmaning apparat va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilib, uning funksional imkoniyatlari amaliy sinovlar asosida baholandi. Olingan natijalar ishlab chiqilgan tizimning yurak ritmi buzilishlarini aniqlash, bemor holatini masofadan kuzatish va telemeditsina texnologiyalarini joriy etishda samarali yechim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.</jats:p>

Show More

Keywords

monitoring ishlab ishlash elektrokardiografik asosida

Related Articles

PORE

About

Connect