Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, tilning shakllanishi va rivojlanishida leksik qatlamlarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tili leksikasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tub turkiy so‘zlar, arab, fors-tojik tillaridan o‘zlashgan leksik birliklar hamda zamonaviy davrda kirib kelayotgan yangi atamalarning tarixiy-lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Maqolada o‘zbek tilining boyib borishida tarixiy davrlarning tutgan o‘rni, arxaik so‘zlarning bugungi kundagi faolligi, til tizimidagi leksik-semantik o‘zgarishlar hamda zamon talabi bilan yuzaga kelayotgan neologizmlar ko‘rib chiqiladi. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘zlarning ma’no ko‘chishlari, yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi va tarixiy leksikaning zamonaviy til tizimida saqlanib qolishi hamda rivojlanish masalalari o‘rganiladi. Ushbu mavzu o‘zbek tilshunosligida leksikologiya, tarixiy leksikografiya va etimologiya sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etib, tilning tarixiy qatlamlarini tadqiq etish orqali xalqning madaniy-tarixiy o‘tmishini anglashga xizmat qiladi.</jats:p>