Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ilmiy-huquqiy tahlil qilinadi. Tadqiqot qonunning jismoniy tarbiyani ommalashtirish, sport ta’limi sifatini oshirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, sportchilar, murabbiylar va sport agentlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan asosiy normativ-huquqiy mexanizmlarini yoritishga yo‘naltirilgan. Maqolada qonunning yangi tahrirdagi kontseptual yangiliklari, xususan asosiy tushunchalar instituti, sport ta’limi va pedagogik faoliyatning alohida huquqiy institut sifatida mustahkamlanishi, terma jamoalar va seleksiya jarayonlarining normativ tartibga solinishi, shuningdek xalqaro hamkorlik va antidoping mexanizmlari tahlil qilinadi. Shu orqali maqolada sport boshqaruvi va huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, sport subyektlarining vakolatlarini aniqlashtirish hamda sohaning professional va institutsional rivojlanishiga hissa qo‘shadigan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.</jats:p>