Abstract
<jats:p>Maqolada sport klubi sharoitida shug‘ullanayotgan 18–20 yoshli sambochi sportchilarning texnik tayyorgarligini usullar kombinatsiyasi asosida takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida texnik usullarni ketma-ket va mantiqiy bog‘liq holda qo‘llashga yo‘naltirilgan mashg‘ulot vositalarining samaradorligi o‘rganildi. Pedagogik tajribada sportchilar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida texnik tayyorgarlik kombinatsion, situatsion hamda musobaqaviy vaziyatlarga yaqin mashqlar asosida tashkil etildi. Tadqiqot natijalari usullar kombinatsiyasiga asoslangan mashg‘ulotlar texnik harakatlarning aniqligi, barqarorligi va musobaqaviy samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.</jats:p>