Abstract
<jats:p> Annotatsiya: "Bir ona - bir umrlik tarbiya" maqolasi onalik mehrining bola taqdiridagi chuqur va o'chmas izini ilmiy va ruhiy tahlil asosida ochib beradi. Maqolada ona va bola o'rtasidagi psixologik bog'liqlik, genetik omillarning tarbiyadagi o'rni hamda ona munosabati va namunasining farzand kelajagiga ta'siri yoritiladi. Buyuk shaxslar ortida turgan dono va fidoyi onalar hayoti misolida onaning jamiyatni tarbiyalovchi kuch ekani asoslanadi. Shuningdek, bugungi kunda qizlarning ta’limiga to’sqinlik qilayotgan qarashlarga ilmiy asoslangan fikrlar bilan murojaat qilinadi va ota-onalarga masuliyatli tavsiyalar beriladi. Mazkur maqola ota- onalar, pedagoglar hamda tarbiya masalasiga befarq bo'lmagan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.</jats:p>