Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Obstruktiv sariqlik – o‘t yo‘llarining toshlar yoki o‘sma tomonidan bekilishidan kelib chiqadigan og‘ir holat bo‘lib, xolangit va jigar yetishmovchiligi kabi asoratlarning oldini olish uchun o‘z vaqtida o‘t yo‘llarini drenajlash talab etiladi. Minimal invaziv texnologiyalar – birinchi navbatda endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERCP) va perkutan transgepatik biliar drenaj (PTBD) – bunday bemorlarda ochiq jarrohlik drenaj usullarini sezilarli darajada siqib chiqardi. Obstruktiv sariqlikda o‘t yo‘llarini drenajlash uchun minimal invaziv usullarni qo‘llash klinik jihatdan o‘zini oqlaydi,  chunki  ularning  yordamida  sariqlikni  samarali  bartaraf  etish,  asoratlar  chastotasini kamaytirish va ochiq jarrohlikka nisbatan bemorlarning tiklanish muddatini qisqartirish mumkin. Optimal natijalarga erishish uchun obstruktsiya darajasiga qarab ERCP yoki PTBD usulini tanlash lozim; minimal invaziv usullar samarasiz bo‘lsa yoki jarrohlik davolash rejasining bir qismi sifatida ochiq operatsiyalar muqobil bo‘lib qoladi.</jats:p>

Show More

Keywords

yoki minimal invaziv ochiq bolib

Related Articles