Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy televideniyeda teleboshlovchi tipologiyasi hamda uning kadrdagi kasbiy faoliyati nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Teleboshlovchining axborot, axborot-tahliliy, ko‘ngilochar, mualliflik va maxsus bilim talab etuvchi teledasturlar doirasidagi faoliyati turli mezonlar asosida o‘rganilib, har bir tip uchun xos bo‘lgan kasbiy, nutqiy, psixologik va kommunikativ xususiyatlar ochib beriladi. Maqolada teleboshlovchi faqat axborot yetkazuvchi emas, balki auditoriya bilan muloqot o‘rnatuvchi, dastur mazmuni va semantik yo‘nalishini belgilovchi muhim kommunikatsion subyekt sifatida talqin etiladi. O‘zbekiston televideniyesi amaliyoti misolida turli tipdagi teleboshlovchilarning kadrdagi faoliyati tahlil qilinib, boshlovchi tipi, uning ekran obrazi va teledastur reytingi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy jihatdan asoslanadi. Teleboshlovchining kommunikativ kompetensiyasi, ekran madaniyati va auditoriya bilan interaktiv munosabati uning kasbiy samaradorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ommaviy kommunikatsiya nazariyasi doirasida teleboshlovchi tiplarining jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari tahlil etiladi. Maqola xulosalari teleboshlovchi tipologiyasini aniqlash, teledastur formatiga mos boshlovchi tanlash hamda televideniye kontenti samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.</jats:p>

Show More

Keywords

teleboshlovchi uning kasbiy faoliyati tahlil

Related Articles