Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada turizm sohasini rivojlantirishda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizm industriyasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakllari, investitsiya jarayonlarini rag‘batlantirish omillari hamda sohani rivojlantirishda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish mexanizmlari yoritilgan. Muallif turizm sohasini barqaror rivojlantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligi, investitsiya faoliyatini kengaytirish hamda innovatsion moliyalashtirish instrumentlarining ahamiyatini asoslab beradi. Maqolada turizm sohasida moliyalashtirish tizimini takomillashtirish orqali infratuzilmani rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va hududiy turizm salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.</jats:p>