Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada O‘zbekistonda energetika resurslariga qo‘llaniladigan soliqlarning fiskal va ekologik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda energetika sohasida amal qilayotgan soliqlarning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni va ularning atrof-muhit muhofazasiga ta’siri baholanadi. Maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasi doirasida soliqlarning nafaqat fiskal, balki ekologik cheklov va rag‘batlantiruvchi funksiyalari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yashil soliq siyosatini takomillashtirish, energetika resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.</jats:p>
Show More
Keywords
energetika
soliqlarning
ekologik
maqolada
ozbekistonda