Abstract
<jats:p>Mazkur tezisda institutsional investorlarning milliy iqtisodiyotda moliyaviy va investitsiya xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ularning moliyaviy bozorlarni chuqurlashtirish, uzoq muddatli kapitalni safarbar etish, risklarni boshqarish hamda korporativ boshqaruv sifatini oshirishdagi roli yoritib berilgan. Shuningdek, institutsional investorlar faolligini oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy, institutsional va infratuzilmaviy shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, institutsional investorlar faoliyatini rag‘batlantirish milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, makroiqtisodiy barqarorlik va investitsiya xavfsizligini mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi.</jats:p>
Show More
Keywords
institutsional
milliy
moliyaviy
investitsiya
xavfsizligini