Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada shahar jamoat transporti, xususan avtobus yo'nalishlarining murakkabligini baholashga qaratilgan asosiy omillar, ular keltirib chiqaradigan ta'sirlar va qo'llash mumkin bo'lgan texnologik vositalar chuqur tahlil qilinadi. Yo'nalish geometriyasi, bekatlar soni va zichligi, chorrahalar soni va turi, Piyodalar o’tish joylari va temir yo’l izlari bilan keshishgan kabi omillar xizmat ko'rsatish sifatiga hamda qatnov vaqtining ishonchliligiga bevosita ta'sir etadi. Tadqiqotda GPS monitoring tizimlari texnologiyalari qo'llanilgan. QGIS kabi GIS dasturiy ta'minotdan foydalanib, marshrut optimallashtirish va murakkablikni vizual tahlil qilish usullari ko'rsatib o'tiladi. Mazkur tajribaviy va analitik yondashuv shahar avtobus transportining iqtisodiy samaradorligini oshirishga, yo'lovchilar ehtiyojlarini qondirish darajasini yaxshilashga hamda chuqur statistik tahlil qilish orqali qo'shimcha siyosiy va rejalashtirish choralarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Natijalar shahar transport tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.</jats:p>

Show More

Keywords

shahar tahlil qilish avtobus omillar

Related Articles