Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu ilmiy maqolada urbanistik muhitda yo‘l harakati xavfsizligini baholashning zamonaviy statistik usullari – Bayes tahlili, vaqt seriyalari tahlili va Puasson regressiyasi yondashuvlari asosida amalga oshirilgan kompleks tadqiqot natijalari bayon etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – yo‘l-transport hodisalari (YTH) soniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularning dinamikasini tahlil qilish hamda chorrahalar xavfsizligini baholovchi ishonchli prognoz modellarini ishlab chiqishdan iborat. Bayes tahlili orqali mavjud statistik ma’lumotlar bilan birgalikda ilgari mavjud bo‘lgan tajriba va bilimlar (prior ma’lumotlar) hisobga olinadi. Bu usul noaniqlik sharoitida qarorlar qabul qilishni yaxshilaydi va baholash aniqligini oshiradi. Vaqt seriyalari tahlili yordamida esa YTHlar bo‘yicha vaqt o‘tkazgan sayin yuzaga kelayotgan mavsumiylik, trend va siklik o‘zgarishlar aniqlanadi. Ayniqsa, bu usul vaqtga bog‘liq xavf holatlarini bashorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Puasson regressiyasi esa diskret va hisobli (count) ma’lumotlar asosida YTHlarning chastotasini modellashtirish uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, YTHlar soni kam, ammo doimiy kuzatiladigan holatlarda bu usul samarali natijalar beradi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, bu uch metodni integratsiyalash orqali YTH xavfini aniqroq baholash, muayyan chorrahalarda potensial xavfli omillarni oldindan aniqlash va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirish imkonini beradi.Ushbu metodik yondashuv nafaqat statistik analizda, balki intellektual transport tizimlarini loyihalash va shahar infratuzilmasini optimallashtirishda ham qo‘llanilishi mumkin.</jats:p>

Show More

Keywords

tahlili xavfsizligini statistik vaqt malumotlar

Related Articles