Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ochiq usulda qazib olinadigan konlarda yuk tashish konning ekspluatatsion xarajatlarining katta qismini tashkil qiladi. Elektr yuritmali karyer samosvallari, Komatsu 860E kabi yuk mashinalari, bunday sharoitlarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada Komatsu 860E karyer samosvalining real ish sikli asosida sekinlanish (tormozlanish) jarayonida energiya sarfi va uni qayta tiklash uchun tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida matematik model ishlab chiqildi va sekinlanish jarayonida dvigatel va elektr yuritma tizimi orqali qancha energiya yo‘qotilishi yoki energiyani qayta tiklashi baholandi. Sinov ma’lumotlari asosida sekinlanish, tezlik, quvvat, vaqt bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, energiyani qayta tiklash tizimi mavjud bo‘lgan sharoitda sekinlanish bosqichida hosil bo‘lgan kinetik energiyaning 30–50% bo‘lgan qismi elektr energiyasiga aylantirilishi mumkin. Bu esa karyer transportida energiya tejamkorligini, energiyani tejashni va ekspluatatsion energiyani optimallashtirishga xizmat qiladi. Elektron boshqaruv blokidan olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan modelda umumiy energiya sarfi, tormozlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan energiya miqdori ham hisobga olindi va simulatsiya qilindi. Tadqiqotda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish tashish xarajatlarini kamaytirishi va energiya samaradorligini oshirishi mumkinligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, tormoz energiyasini qayta tiklash tizimini takomillashtirish va marshrutlarni optimallashtirish orqali samaradorlikni yanada oshirish mumkin. Bu yondashuv ekologik va iqtisodiy jihatdan foydali yechim sifatida baholandi.</jats:p>

Show More

Keywords

energiya qayta sekinlanish energiyani bolgan

Related Articles