Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada suvqalampir (Persicaria minor) barglari va  oddiy  sachratqi (Cichorium intybus L) poyalaridan turli nisbatlarda tayyorlangan spirtli ekstraktlarning antiradikallik faolligi DPPH usuli yordamida baholandi. Ekstraktlarning erkin radikallarni to‘xtatish qobiliyati DPPH eritmasining yorug‘lik yutilishini pasaytirishi orqali aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, barg va poya ekstrakti 1:1 nisbatda eng yuqori faollikni namoyon etdi: ARF 45,80% ni, IC50 esa 30 daqiqadan so‘ng 108,77 mkl ni tashkil etdi. 3:1 va 1:3 nisbatlardagi ekstraktlar ham antioksidant xususiyatga ega bo‘ldi, biroq 1:1 nisbat eng samarali ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar suvqalampir ekstraktlarining tabiiy antioksidant sifatidagi salohiyatini tasdiqlaydi.</jats:p>

Show More

Keywords

suvqalampir ekstraktlarning dpph aniqlandi etdi

Related Articles