Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqotda oq kalamushlarda dekstran shish modelida indol-3-karbinol va sulforafanni saqlagan, Brokkoli ekstrakti (Brassica oleracea var. italica) biologik faol qo‘shimchaning yallig‘lanishga qarshi ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi brokkoli ekstraktining samaradorligini 400 mg Ibuklin qiyosiy yallig‘lanishga qarshi dori vositasi bilan solishtirish edi. Tajriba kalamushlarni uch guruhga bo‘lgan holda (nazorat, Brokkoli ekstrakti va Ibuklin) o‘tkazildi. Yallig‘lanish 6% dekstran eritmasini subplantar yuborish orqali qo‘zg‘atilgan va yallig‘lanishga qarshi ta’sir 1, 3 va 6 soatlarda panja hajmini o‘lchash orqali baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhlari nazorat guruhiga nisbatan shishning hajmini sezilarli darajada kamaytirgan. 3 soatdan keyin panja hajmining o‘rtacha kattaligi Brokkoli ekstrakti qabul qilgan kalamushlarda 1,40 ± 0,07 ml (shishni 44% kamaytirgan) va Ibuklin qabul qilgan kalamushlarda 1,25 ± 0,11 ml (shishni 76%) kamaytirgan. Ushbu ma’lumotlar brokkoli ekstrakti aniq yallig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligini tasdiqlaydi va uni yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish va davolash uchun istiqbolli biologik faol qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqish mumkinligini tasdiqlaydi.</jats:p>

Show More

Keywords

brokkoli ekstrakti yalliglanishga qarshi kalamushlarda

Related Articles