Abstract
<jats:p>Ushbu maqola dalachoy, gazanda va ermon o‘simliklarining antiradikal faolligini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘simliklarning yer ustki qismlaridan tayyorlangan namunalar spektrofotometrik usulda tahlil qilinib, 2,2-difenil-1-pikrilgidrozil (DPPH) erkin radikalini so’ndirish usulida baholash tadqiqot natijalari keltirilgan. Olti xil nisbatdagi (1:1:1, 3:1:1, 1:3:1, 1:1:3, 3:2:1, 2:3:1,) aralashmalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori ingibirlash darajasi 76.17 % bo‘lib Hyrericum perforatum l, Urtica dioica l, Artemisia absinthium l larning 1:1:1 aralashmasida kuzatilgan. Tahlillar 25, 50, 75, 100 mkl gacha bo‘lgan miqdorlarda o‘tkazilib, konsentratsiya ortishi bilan ingibirlanish darajasini ortishi aks ettirilgan. Olingan natijalar mazkur aralashmaning biologik faolligini va samaradorligini tasdiqlaydi.</jats:p>