Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada tibbiy ta’limni raqamlashtirish sharoitida otorinolaringologiya fanini o‘qitishda bo‘lajak shifokorlarning klinik-diagnostik kompetensiyasini rivojlantirishning mazmuni va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot kompetensiyaviy yondashuv, integrativ tibbiy ta’lim va raqamli pedagogika konsepsiyalariga asoslangan holda olib borildi. Tadqiqot jarayonida virtual klinik muhit, simulyatsion ta’lim, elektron klinik case-bank va sun’iy intellekt asosidagi diagnostik trening texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi o‘rganildi. Eksperimental tadqiqot natijalari raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish talabalar klinik fikrlashini, diagnostik tahlil qilish ko‘nikmalarini va klinik qaror qabul qilish kompetensiyasini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, simulyatsion va raqamli o‘quv muhitida tashkil etilgan ta’lim jarayonida talabalarning instrumental diagnostika natijalarini interpretatsiya qilish hamda klinik vaziyatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari yuqori samaradorlik bilan shakllanishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari tibbiy ta’lim muassasalarida otorinolaringologiya fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar asosidagi integrativ pedagogik modelni joriy etish klinik kompetensiyalarni rivojlantirishda muhim didaktik resurs ekanligini asoslab beradi.</jats:p>

Show More

Keywords

talim klinik tadqiqot raqamli qilish

Related Articles