Abstract
<jats:p>Ushbu tezisda bo‘laajak ingliz tili o‘qituvchilarining tanqidi fikr yuritish ko‘nikmalarini baholash usullari muhokama qilinadi. Tanqidiy fikrlash, o‘quvchilarni mantiqiy va analitik fikr yuritishga, ma’lumotlarni tahlil qilishga va o‘z fikrlarini asoslashga undaydi. Tezisda ingliz tili o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining ahamiyati, ularni rivojlantirishning uslublari va baholash metodlari keltiriladi. Ushbu ishning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga yordam beradigan innovatsion yondashuvlarni taklif qilishdir. Tezis ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish uchun yangi metodologik yondoshuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.</jats:p>