Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada ingliz fantasy adabiyotida ayol afsonaviy obrazlarning transformatsiyasi masalasi Jon Ronald Ruel Tolkien (J. R. R. Tolkien) hamda Joan Ketlin Rovling (J. K. Rowling) asarlaridagi Galadriel va Germiona Greynjer (Hermione Granger) obrazlari misolida tahlil qilinadi. Fantasy adabiyoti mifologik va afsonaviy an’analarni zamonaviy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirgan holda yangi qahramonlar tizimini yaratdi. Ayniqsa, ayol obrazlarining tasvirlanishida sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Galadriel obrazi qadimgi mifologik donishmand ayol arxetipining davomchisi sifatida namoyon bo‘lsa, Germiona obrazi zamonaviy ayol qahramon modelining shakllanishini ifodalaydi. Maqolada ushbu obrazlarning badiiy vazifalari, xarakter xususiyatlari, mifologik asoslari hamda fantasy janridagi o‘rni qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari fantasy adabiyotida ayol qahramonlarning passiv obrazdan faol va mustaqil shaxsga aylanish jarayonini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu transformatsiya jamiyatdagi gender qarashlarining o‘zgarishi bilan ham uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi.</jats:p>

Show More

Keywords

ayol fantasy mifologik maqolada adabiyotida

Related Articles

PORE

About

Connect