Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi xalqaro huquq terminlarining qiyosiy-semantik va lisoniy xususiyatlari tadqiq etilgan. Globallashuv sharoitida O‘zbekiston milliy qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida yuridik terminologiyani to‘g‘ri aks ettirish va unifikatsiya qilish masalasi dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot davomida BMT konvensiyalari va xalqaro shartnomalar matnlaridan ajratib olingan 200 dan ortiq tayanch terminlar qiyosiy-tipologik va komponent tahlil metodlari yordamida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, terminlarning katta qismi o‘zbek tilida to‘liq yoki qisman ekvivalentga ega bo‘lsa-da, anglo-sakson va kontinental huquq tizimlarining farqlari sababli semantik bo‘shliqlar (lakunalar) va ma'no torayishi holatlari kuzatiladi. Ayniqsa, "jurisdiction" va "treaty" kabi fundamental tushunchalarning o‘zbek huquqiy diskursidagi talqinlarida kontekstual nomuvofiqliklar mavjud. Maqola yakunida xalqaro huquq terminlarining ko‘p tilli izohli lug‘atini yaratish va oliy ta'lim muassasalarida yuridik tarjima darslarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.</jats:p>