Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi logistik tarmoqlar holati va ularning rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Mintaqaning geostrategik ahamiyati, transport infratuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlari hamda mamlakatlar o‘rtasidagi integratsion jarayonlar yoritib berilgan. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning avtomobil, temiryo‘l, havo va daryo transporti imkoniyatlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalari hamda xalqaro hamkorlik dasturlari misolida logistik salohiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar – transport infratuzilmasining eskirishi, chegaradagi byurokratik to‘siqlar, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotgani kabi jihatlar ham ko‘rib chiqilgan. Tahlillar asosida logistik tizimni modernizatsiya qilish, mintaqaviy va xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish, xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola Markaziy Osiyoda transport-logistika tizimining samarali ishlashini ta’minlash va mintaqani xalqaro savdo jarayonlarida muhim tranzit markaz sifatida shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.</jats:p>