Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada xalq ogʻzaki ijodining oʻquvchilar maʼnaviy-axloqiy tarbiyasidagi oʻrni pedagogik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Globallashuv jarayonlari sharoitida yosh avlodda milliy identifikatsiya, madaniy oʻzlik va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda folklorning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotda ertak, doston, maqol, matal, afsona kabi folklor janrlarining tarbiyaviy imkoniyatlari pedagogika, sotsiologiya va madaniyatshunoslik nazariyalari asosida yoritiladi. Shuningdek, folklor asosidagi integrativ pedagogik modelning aksiologik, mazmuniy-didaktik, metodik-texnologik hamda diagnostik komponentlari tavsiflanadi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida folklor materiallarini taʼlim jarayoniga integratsiya qilish boʻyicha metodik tavsiyalar berilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

pedagogik folklor maqolada madaniy mazkur

Related Articles