Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence) tushunchasining shakllanishi, uning zamonaviy jamiyat va iqtisodiyotdagi tezkor tarqalishi hamda huquq tizimida qoʻllanilishiga doir asosiy nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Yevropa Ittifoqi davlatlarida sunʼiy intellektdan foydalanish koʻrsatkichlari va AQShda sunʼiy intellektga oid qonunchilik tashabbuslarining koʻpayishi misolida mazkur texnologiyaning institutsionallashuv tendensiyalari yoritiladi. Maqolada sunʼiy intellektning huquqiy sohadagi (LegalAI) imkoniyatlari, xususan sud ishlarini yuritishda hujjatlarni tahlil qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish, qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash kabi funksiyalari samaradorlik va adolatli sudlov sifatini oshirish omili sifatida baholanadi. Sudda oshkoralik tamoyilini sunʼiy intellekt sharoitida taʼminlash uchun shaffoflik va hisobdorlik mezonlari asosida qayta talqin qilish, mustaqil nazorat mexanizmlari hamda sudyalar malakasini oshirish kabi institutsional chora-tadbirlar taklif etiladi.</jats:p>