Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqqa yoʻllagan murojaatnomasi asosida mahalla institutining jamiyat taraqqiyotidagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Mahalla ijtimoiy kapitalni shakllantiruvchi, milliy birdamlikni mustahkamlovchi va davlat barqarorligini taʼminlovchi muhim ijtimoiy institut sifatida talqin etiladi. 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilish tashabbusi mahalla tizimini yanada mustahkamlash, kambagʻallikni qisqartirish, inson kapitalini rivojlantirish va yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga qaratilgan yangi bosqich sifatida baholanadi. Shuningdek, “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi talabalarning fuqarolik faolligini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali modeli sifatida koʻrib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, mahalla barqaror rivojlanish, ijtimoiy hamjihatlik va jamiyat modernizatsiyasining muhim poydevori hisoblanadi.</jats:p>

Show More

Keywords

mahalla ijtimoiy sifatida asosida jamiyat

Related Articles