Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada COVID-19 pandemiyasi davrida ingliz va oʻzbek tillarida shakllangan kishilar jamoalarini ifodalovchi neologizmlar kompleks lingvistik tahlil qilingan. Pandemiya jahon miqyosida insonlarning turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari va kommunikatsiya shakllarida keskin oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Bu oʻzgarishlar tilda yangi leksik birliklar – neologizmlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Maqolada ushbu neologizmlarning yuzaga kelish omillari, semantik mazmuni, morfologik tuzilishi va pragmatik xususiyatlari oʻrganiladi. Shuningdek, pandemiya davrida shakllangan ijtimoiy guruhlar, insonlarning xulq-atvori, ijtimoiy maqomi va pandemiyaga munosabatini aks ettiruvchi nomlarning tilda qanday ifodalangani tahlil qilinadi. Ingliz tilida paydo boʻlgan ayrim neologizmlarning oʻzbek tiliga kirib kelishi, moslashuv jarayonlari va milliy madaniy kontekstdagi oʻziga xos xususiyatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilning ijtimoiy oʻzgarishlarga moslashuvchanligini va pandemiya kabi global hodisalar leksik tizimni boyitishini koʻrsatadi.</jats:p>