Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada baxshi Joʻra Eshmirza oʻgʻli tomonidan kuylangan “Malla savdogar” dostonining variantlarida jang polotnosi (batal janri), peyzaj tasviri va badiiy soʻzning eskiz uslubiyati masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida doston syujetidagi jang va toʻqnashuv epizodlari, tabiat manzaralarining funksional vazifasi hamda ixcham, lekin obrazli tasvirlarning baxshiyona ijroga xos xususiyatlari ochib beriladi. Jang polotnosi orqali qahramonlik, jasorat va ijtimoiy-axloqiy qarama-qarshiliklar yoritilgan boʻlsa, peyzaj eskizlari orqali voqealarning emotsional-falsafiy qatlamlari kuchaytirilgani asoslab beriladi. Maqolada epik tasvir vositalarining doston gʻoyaviy-badiiy tizimidagi oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

jang maqolada polotnosi peyzaj doston

Related Articles