Abstract
<jats:p>Maʼlumki, terminlar tadqiqi Xitoy va Oʻzbekiston olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy tilshunoslik izlanishlari ichida dolzarb yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu maqolada terminlar, xususan, harbiy sanʼatga oid terminlarning shakllanishi va rivojlanishi oʻrganib chiqildi. AQShning mashhur sharqshunos va harbiy tarixshunos olimi Ralf D. Soyer tomonidan yozilgan “U-szin Qadimgi Xitoy yetti muqaddas harbiy toʻplami” («武经七书») asarida keltirilgan qimmatli maʼlumotlar asosida Xitoyda harbiy tafakkurning vujudga kelishi va taraqqiyoti tadqiq qilindi. Bu toʻplamga kiruvchi Sun-szi “Urush sanʼati” asarining venyanda bitilgan asl nusxasidan olingan matnlarda asl xitoy harbiy terminlari leksik-genetik jihatdan tahlil qilindi. Asl harbiy terminlar va zamonaviy harbiy terminlar qiyoslanib, ular oʻrtasidagi boʻgʻin strukturasi hamda semantik tafovutlar tahlil qilindi. Bunda I.D. Kleninning “Kitaysko-russkiy voenniy i texnicheskiy slovar” lugʻatidan keng foydalanildi.</jats:p>