Abstract
<jats:p>Jismoniy tarbiya darslari maktab oʻquvchilarining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy qobiliyatini oshirish va mehnat qobiliyatini mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq, darslarning samaradorligini taʼminlash uchun toʻgʻri tashkil etilgan dam olish daqiqalari hamda pauzalar muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola jismoniy tarbiya darslarida dam olish vaqtlarini toʻgʻri taqsimlash, ularning pedagogik jihatdan asoslanganligi hamda oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga mosligini oʻrganadi. Dars jarayonida oʻquvchilarning jismoniy va aqliy charchashini bartaraf etish maqsadida qisqa pauzalar tashkil etiladi. Bu vaqtda nafas olish mashqlari, stretching, oddiy yurish yoki boshqa yengil harakatlar bajarilishi mumkin. Dam olish daqiqalari faoliyatning turli shakllarini almashish prinsipi asosida rejalashtiriladi, bu esa oʻquvchilarning diqqatini jamlashga va yangi mashqlarga tayyorlashga yordam beradi. Maqolada, shuningdek, yosh guruhlariga qarab dam olish vaqtini toʻgʻri taqsimlash metodikasi ham yoritiladi. Masalan, boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun dam olish chastotasi yuqori boʻlishi kerak, chunki ularning charchashi tezroq sodir boʻladi. Katta yoshdagi oʻquvchilar uchun esa pauzalar qisqaroq, ammo intensivroq boʻlishi mumkin.</jats:p>