Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada mehnat qonunchiligini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarning tarixiy-huquqiy rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil qilingan. Muallif ushbu turdagi jinoyatlarning shakllanishi, ularning huquqiy asoslari va jinoiy javobgarlik choralarining rivojlanishini turli davrlar kesimida oʻrganadi. Tadqiqotda mehnat huquqi sohasidagi jinoyatlar uch asosiy tarixiy davrga ajratilgan: birinchisi — Chor Rossiyasi davri (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarigacha), ikkinchisi — Sovet Ittifoqi davri (1922–1991-yillar), uchinchisi esa — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik davri (1994-yildan hozirgi kungacha boʻlgan davr). Har bir davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitlari, normativ-huquqiy bazasi va jinoyat qonunchiligida mehnat huquqi bilan bogʻliq normalarning aks etishi oʻzaro solishtirilib, huquqiy mezonlar izchil tahlil qilindi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining mehnat huquqini himoya qilishdagi oʻrni, xalqaro mehnat normalariga uygʻunligi va zamonaviy huquqiy yondashuvlar alohida yoritib berilgan.</jats:p>