Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Oʻquv fanlari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlash oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash, oʻrganilayotgan mavzular boʻyicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Shu bois taʼlim jarayonida oʻquv fanlari oʻrtasidagi oʻzaro integratsiyadan foydalanishga eʼtibor qaratiladi. Biroq, fanlararo integratsiyaga erishish oʻziga xos murakkab jarayon boʻlib, unga erishishda oʻqituvchining ish tajribasi, kasbiy kompetentligi va mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim jarayonida geografiya fani oʻqituvchilari geografik va matematik bilimlar oʻrtasidagi aloqadorlik va birlikdan foydalanishda muayyan jihatlarga eʼtiborni qaratishlari zarur. Maqolada oʻquvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirishda matematik va geografik fanlar integratsiyasini taʼminlashda eʼtibor qaratish zarur boʻlgan jihatlar va omillar toʻgʻrisida soʻz yuritilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

oʻquv fanlari oʻzaro oʻquvchilarning bilimlarini

Related Articles