Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada startaplar va venchur kapitalni huquqiy tartibga solishning nazariy hamda amaliy masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining innovatsion faoliyat, investitsiyalar, IT Park va innovatsion rivojlanish sohasidagi normativ-huquqiy bazasi asosida startap ekotizimining huquqiy holati baholanadi. Xorijiy tajriba sifatida Buyuk Britaniyaning EIS modeli, Singapurning Startup SG Equity mexanizmi, shuningdek SAFE va standart venchur hujjatlari amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda startap va venchur kapital faoliyatiga oid maxsus huquqiy rejimni shakllantirish, investitsiya instrumentlarini normativ mustahkamlash hamda intellektual mulk himoyasini kuchaytirish zarurligi asoslab beriladi.</jats:p>